Hormuz bo‘g‘ozi yangi shartlar asosida ochiq qolishi mumkin

Hormuz bo‘g‘ozi ochiq qoladi, biroq Eron va Ummon tomonidan belgilanishi kutilayotgan yangi tartiblar, jumladan tranzit to‘lovlari joriy etilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jalali Rossiya matbuotiga bergan intervyusida Hormuz bo‘g‘ozi ochiq qolishini, ammo uning faoliyati Eron va Ummon tomonidan belgilangan yangi tartiblar asosida amalga oshirilishini bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi kemalar uchun xizmatlar evaziga to‘lovlar joriy etilishi mumkin.
Elchining ta’kidlashicha, ushbu yo‘lak orqali o‘tuvchi kemalardan olinadigan to‘lovlar hajmi kemaning turi, yuk turi va mavjud sharoitlarga qarab farq qiladi. Biroq bu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot berilmagan.
AQSh mazkur tashabbusga qat’iy qarshi ekanini bildirdi. AQSh rasmiylari ilgari Ummonni Eron bilan birgalikda tranzit to‘lovlarini joriy etish bo‘yicha har qanday urinishdan tiyilishga chaqirgan. AQSh Moliya vazirligi vakillari Ummon tomoni bunday rejalar yo‘qligini bildirganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida neft narxi 4 foizdan ko‘proqqa oshgani haqida yozgan edik.