Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi: o‘zi nima gap

eʼlon qilindi
Elchixona fuqarolarni Isroil Front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda
Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi: o‘zi nima gap
Foto: Ochiq manba

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi fuqarolarni xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Diplomatik vakolatxona Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan ehtiyotkorlikni kuchaytirishni so‘ramoqda.

Elchixona fuqarolarni Isroil Front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Xavfsizlik maqsadida fuqarolar himoyalangan joylarga yaqin hududda bo‘lishi kerak. Havo hujumi haqida signal berilsa yoki sirena eshitilsa, darhol himoyalangan joyga kirish lozim.

Shuningdek, Front orti qo‘mondonligi tomonidan rasmiy ruxsat berilmaguncha himoyalangan joyni tark etmaslik tavsiya qilindi. Elchixona fuqarolardan rasmiy xabarlar va favqulodda ko‘rsatmalarni doimiy kuzatib borishni so‘ramoqda.

Shoshilinch murojaatlar uchun quyidagi telefon raqamlari faoliyat yuritmoqda: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076.

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun +972 54-4851397 raqamiga murojaat qilish mumkin. Elchixonaning elektron manzili: il.uzembassy@mfa.uz.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Netanyaxu bilan Livanni bombardimon qilmaslikka kelishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek