O‘zbekistonliklar eng ko‘p uy-joy xaridi uchun kredit olmoqda

O‘zbekistonda 2026-yil 1-may holatiga jismoniy shaxslarning kredit qarzdorligi 230,8 trillion so‘mga yetgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlari e’lon qilindi.
Bir yil avval bu ko‘rsatkich 220,3 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi 12 oyda qarzdorlik hajmi 10,5 trillion so‘mga oshgan.
Tahlillarga ko‘ra, aholi eng ko‘p mablag‘ni uy-joy xaridi uchun jalb qilmoqda. Ipoteka kreditlari portfeli 83,9 trillion so‘mga yetib, jismoniy shaxslar kreditlarining eng katta qismini tashkil etgan. Bir yil davomida ushbu yo‘nalishdagi kreditlar hajmi 4,5 trillion so‘mga ko‘paygan.
Shuningdek, mikroqarzlar va mikrokreditlarga talab ham yuqori bo‘lib qolmoqda. Ularning hajmi mos ravishda 50,1 trillion va 44,3 trillion so‘mga yetgan.
Avtomobil xaridi uchun ajratilgan kreditlar ham sezilarli ulushga ega. Hozirda avtokreditlar portfeli 39,6 trillion so‘mni tashkil etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ijodkorlarga uy-joy imtiyozi: boshlang‘ich badalning 50 foizi budjetdan qoplanishi haqida yozgandi.