Apple’ning eng kuchli AI modeli qaysi iPhone’larda ishlaydi

9-iyun 2026 09:51 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Apple’ning eng kuchli AI modeli faqat yangi iPhone’larda ishlaydi
Rasm: Apple/macrumors

Apple’ning iOS 27 tizimidagi eng kuchli sun’iy intellekt modeli uchun kamida 12 GB xotira talab qilinadi. Shu sababli bazaviy iPhone 17 va iPhone 16 Pro ushbu modelni to‘liq ishga tushira olmaydi, deb yozmoqda MacRumors.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi AI modeli faqat iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max’da ishlaydi.

iPad uchun esa M4 yoki undan yangi chip, shuningdek, kamida 12 GB yagona xotira talab qilinadi.

Mac kompyuterlarida bu model M3 yoki undan yangi chip va kamida 12 GB xotira bilan ishlaydi. Vision Pro uchun esa M5 chipli versiya kerak bo‘ladi.

Apple Intelligence avval 8 GB xotira talab qilgan. Bu Apple o‘zining eng kuchli AI funksiyalari uchun talabni birinchi marta 12 GB gacha oshirayotgani bilan ahamiyatli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 18 Pro Max versiyalari katta batareya bilan taqdim etilishi ma’lum qilingandi. Ma’lumotga ko‘ra, smartfonning barcha versiyalarida 5000 mA/soatdan ortiq sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan versiyada batareya sig‘imi 5000 – 5100 mA/soat, AQSh versiyasida esa 5100 – 5200 mA/soat atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek