
Chevrolet Express 2027-yilgi model qatoriga jiddiy o‘zgarishlarsiz kiradi. GM Authority’ga ko‘ra, kompaniya ushbu to‘liq o‘lchamli furgonni 2026-yilgi modelga juda o‘xshash ko‘rinishda saqlab qoladi.
Chevrolet Express Cargo Van, Passenger Van va Cutaway versiyalarida taklif etiladi. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan variantlar LS va LT komplektatsiyalarida bo‘ladi.

Dvigatel tanlovi ham o‘zgarmaydi. Asosiy versiyada 4,3 litrli atmosfera V6 benzin dvigateli taklif etiladi. Kuchliroq variant sifatida 6,6 litrli V8 benzin motori mavjud bo‘ladi.
Har ikki dvigatel orqa g‘ildiraklarga kuch uzatadi va avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi.
Chevrolet Express 1996-yildan beri ishlab chiqariladi. U asosan tijorat, yuk tashish va yo‘lovchi tashish sohalarida ishlatiladi.

Model oddiy konstruksiyasi, chidamliligi va turli maxsus moslamalar o‘rnatish imkoniyati bilan mijozlar orasida talabga ega bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Bolt 2027 elektromobili uchun yangi rang qo‘shilgani xabar qilingandi. Yangi rang LT va RS versiyalari uchun mavjud bo‘ladi. Eng muhimi, bu rang uchun xaridorlardan qo‘shimcha haq olinmaydi. Habanero Orange rangining zavod kodi GAG deb ko‘rsatilgan. Ta’mirlash bo‘yog‘i raqami esa WA-221K hisoblanadi.