Huawei 7000 mA/soat batareyali noodatiy smartfon tayyorlamoqda

9-iyun 2026 09:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei 7000 mA/soat batareyali noodatiy smartfon tayyorlamoqda
Foto: Huaweicentral

Huawei Huawei 7000 mA/soat batareyali noodatiy smartfon tayyorlamoqda. Huaweicentral nashriga ko‘ra, qurilma 16:10 nisbatdagi ekran, 7000 mA/soat atrofidagi batareya va periskop kameraga ega bo‘lishi mumkin.

Internetda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu model Huawei’ning ilk keng formatli monoblok smartfonlaridan biri bo‘ladi. Qurilma odatiy smartfonlarga qaraganda kengroq ekran formati bilan ajralib turadi.

Smartfon prototipi yupqa va yengil korpusga ega ekani aytilmoqda. Asosiy kamera 50 megapikselli sensor asosida ishlaydi. Uning optik formati 1/1,3 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. Kamera tizimiga 50 megapikselli periskop modul ham kiradi. U optik zum imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, qurilmada multispektral sensor bo‘lishi mumkin.

Hozircha ultra keng burchakli kamera haqida aniq ma’lumot yo‘q. Shu sababli yakuniy kamera konfiguratsiyasi rasmiy taqdimotga yaqinroq ma’lum bo‘lishi mumkin.

Smartfon Kirin 9 oilasiga mansub firma chipseti bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Qurilmaga taxminan 7000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilishi kutilmoqda.

Noodatiy Huawei smartfonining rasmiy taqdimoti Mate 90 seriyasidan keyin bo‘lishi mumkin. Qurilma 2026-yil yakuniga qadar namoyish etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Nova Y74 katta batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek