Lada Niva Sport Turbo avtomobili taqdim etildi

9-iyun 2026 10:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Niva Sport Turbo avtomobili taqdim etildi
Manba: AvtoVaz

AvtoVAZ kompaniyasi tomonidan yangi Lada Niva Sport Turbo avtomobili taqdim qilindi. Model 2026-yilgi Rossiya ralli-reyd chempionatida ishtirok etadi.

Avtomobil premyerasi Moskvadagi Lujniki majmuasida o‘tkazilgan «Ipak yo‘li» xalqaro rallisi festivalida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda Lada Sport Rosneft jamoasi tarkibida shunday ikkita yo‘ltanlamas startga chiqadi. Yangi model tashqi ko‘rinishi bo‘yicha oddiy Niva’ni eslatadi. Biroq texnik jihatdan u butunlay qayta ishlangan avtomobil hisoblanadi.

Lada Niva Sport Turbo 1,6 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Motor 280 ot kuchi ishlab chiqaradi. Shuningdek, avtomobil sekvental uzatmalar qutisi, modernizatsiya qilingan to‘liq yuritma tizimi, maxsus tayyorlangan osma va tormozlarga ega.

Yo‘ltanlamas og‘ir ralli-reyd sharoitlari uchun ishlab chiqilgan. Avtomobil dastlabki jiddiy sinovlardan ham o‘tgan. U «Zoloto Kagana» poygasida 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.

Yangi Niva Sport Turbo‘ni «Ipak yo‘li» rallisi 2024-yil g‘oliblari Dmitriy Voronov va Kirill Yenikeyev boshqaradi. Shuningdek, avtomobil ruliga Mixail Mityayev va Yegor Oxotnikov ham o‘tiradi. Ular avval Rossiya ralli-reyd chempionati bosqichida sovrindor bo‘lgan.

Taqqoslash uchun, seriyali Lada Niva Sport 122 ot kuchiga ega atmosfera dvigateli bilan jihozlanadi. U 100 km/soat tezlikka 11,8 soniyada chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra avtomobili poygalarga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek