Chevrolet Tracker avtomobilining narxi O‘zbekiston va AQShda qanday farq qiladi

10-iyun 2026 09:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker avtomobilining narxi O‘zbekiston va AQShda qanday farq qiladi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Tracker avtomobili O‘zbekistonda eng ommabop modellardan biri hisoblanadi. «O‘zavtosanoat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, yanvar-may oylarida 14 ming dona model xarid qilingan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida O‘zbekiston va AQSh bozori uchun Chevrolet Tracker avtomobilining narxi qanday farq qilishi haqida so‘z boradi.

Model haqida

Foto: Chevrolet

Chevrolet Tracker ixcham krossoverlar toifasiga kiradi va O‘zbekiston bozorida 1,2 litrli turbo dvigatel bilan taklif etiladi. Ushbu motor 132 ot kuchi atrofida quvvat ishlab chiqaradi va 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Turbo dvigatel avtomobilga shahar sharoitida chaqqon harakatlanish, trassada esa barqaror tezlanish imkonini beradi. Yonilg‘i sarfi o‘rtacha 100 km masofaga 6,5 litr atrofida ko‘rsatiladi, bu esa Tracker’ni kundalik foydalanish uchun tejamkor krossoverlardan biriga aylantiradi.

Modelning kuzovi shahar uchun qulay o‘lchamlarga ega bo‘lib, ixchamligi sababli tirband ko‘chalarda, tor joylarda va avtoturargohlarda boshqarish oson. Shu bilan birga, saloni oilaviy foydalanish uchun yetarli darajada keng. Yukxona hajmi 390 litrni tashkil etadi, orqa o‘rindiqlar buklanganda esa bu ko‘rsatkich 1311 litrgacha kengayadi. Bu kundalik xaridlar, safar yuklari yoki yirikroq buyumlarni joylashtirishda qulaylik yaratadi.

Foto: Chevrolet

O‘zbekistondagi narxi

KomplektatsiyaChegirma bilan narxiDollardaAsl narxiDollarda
Chevrolet Tracker LS Plus215 951 360 so‘m$17 943220 951 360 so‘m$18 359
Chevrolet Tracker LTZ Plus229 108 480 so‘m$19 037244 108 480 so‘m$20 283
Chevrolet Tracker Premier Plus252 656 160 so‘m$20 993272 656 160 so‘m$22 655
Chevrolet Tracker Redline260 474 080 so‘m$21 643282 474 080 so‘m$23 471
Foto: Chevrolet

AQSh bozoridagi narxi

KomplektatsiyaTortish turiAQShdagi boshlang‘ich narxiDvigatelUzatma
Chevrolet Trax LSFWD$23 495ECOTEC 1.2L Turbo6 pog‘onali avtomat
Chevrolet Trax 1RSFWD$24 995ECOTEC 1.2L Turbo6 pog‘onali avtomat
Chevrolet Trax LTFWD$24 995ECOTEC 1.2L Turbo6 pog‘onali avtomat
Chevrolet Trax 2RSFWD$27 195ECOTEC 1.2L Turbo6 pog‘onali avtomat
Chevrolet Trax ActivFWD$27 195ECOTEC 1.2L Turbo6 pog‘onali avtomat
Foto: Chevrolet

Taqqoslash

Narxlar tuzilmasiga qaralsa, O‘zbekistonda Tracker’ning eng arzon versiyasi 215,9 mln so‘mdan boshlanadi, AQShda esa unga yaqin bazaviy Trax LS $23 495 dan taklif etiladi. Yuqori talqinlarda ham farq saqlanadi: O‘zbekistonda Tracker Redline 260,4 mln so‘m, AQShda esa Trax 2RS va Activ $27 195 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker avtomobilining narxi pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek