Samsung Galaxy A18 smartfoni qachon chiqadi

10-iyun 2026 08:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A18 smartfoni qachon chiqadi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy A18 smartfoni tez orada taqdim etiladi. Yangi model Galaxy A17’ning davomchisi bo‘ladi, deya xabar bermoqda Sammobile nashri.

Samsung serverlarida Galaxy A18 uchun mo‘ljallangan ilk proshivka fayli aniqlangan. SammyGuru ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu proshivka A185FXXU0AZF2 versiya raqami bilan ko‘ringan. Bu kompaniya smartfonni ishlab chiqish jarayonini yakunlab, uni sinovdan o‘tkazishni boshlaganini yoki kamida qurilma uchun dasturiy ta’minot test bosqichiga o‘tganini anglatishi mumkin.

Galaxy A18 Samsung kompaniyasining budjet segmentidagi yangi vakili bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha smartfonning dizayni, texnik xususiyatlari, kamerasi, akkumulyator sig‘imi yoki narxi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shunga qaramay, modelning yaqin oylarda sertifikatlash jarayonlaridan o‘tishi va shu orqali qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Samsung Galaxy A17’ni 2025-yil avgust oyida taqdim etgan edi. Kompaniya odatda ushbu seriyani yillik yangilanish sikli asosida rivojlantiradi. Shu bois Galaxy A18’ning ham 2026-yil avgust atrofida chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Yangi smartfon dasturiy ta’minot bo‘yicha ham yangilanish olishi mumkin. Manbaga ko‘ra, Samsung Galaxy A18’ni One UI 9.0 interfeysi bilan chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Chunki kompaniya yangi dasturiy platformasini allaqachon taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A27 smartfoni to‘rtta rangda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek