12-iyun kuni havo harorati qanday bo‘ladi — jadval
eʼlon qilindi
12-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi

12-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli va quruq bo‘lib, kunduzgi harorat +32…+39 daraja, kechasi esa +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +34…+36° | +20…+22° | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +32…+37° | +17…+22° | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +34…+39° | +18…+23° | Kutilmaydi |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +33…+38° | +18…+23° | Kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +34…+39° | +20…+25° | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +32…+37° | +18…+23° | Kutilmaydi |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | +22…+27° | +12…+17° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq mumkin |