O‘zbekistda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

eʼlon qilindi
2025-yilda bu ko‘rsatkich 206 ming tonnani tashkil etgan
O‘zbekistda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi / Foto: President.uz

Kelgusi yilda mamlakatda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnadan oshiriladi. Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 173 ming km daryo va kanal o‘zanlari mavjud bo‘lib, suv resurslari cheklanganiga qaramay, mamlakat Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. 2025-yilda respublikada 206 ming tonna baliq yetishtirilgan.

Oqsilli mahsulotlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Oddiy ko‘l baliqchiligidan suvni tejaydigan va qayta aylantiradigan intensiv texnologiyali tizimga zarurat bor. Shu maqsadda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish tizimini joriy etiladi. Intensiv baliqchilik va naslchilik xo‘jaliklarini zarur suv bilan ta’minlanadi

Shuningdek, yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etish, naslli ona baliqlar importi, quyosh panellarini o‘rnatish hamda aylanma mablag‘lar uchun olingan imtiyozli kreditlar xarajatlarining bir qismini qoplash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi. Xo‘jaliklarga kredit ajratish va foizlarini qisman qoplash tizimi ham joriy etiladi. Ushbu choralar hisobiga kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi.

Karp, laqqa, forel va osyotr baliqlari naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlimga moslashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Kelgusi yildan tog‘oldi hududlarida forel va osyotr baliqlarini yetishtirish quvvatlari yaratilad., Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron daryosi bo‘yida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Milliy karp zotini yaratish uchun xorijiy grantlar jalb qilinadi.

Bundan tashqari, Agrar universitetning Astraxan davlat texnika universiteti va Dalyan okean universiteti bilan hamkorlikda baliqchilik va akvakultura yo‘nalishida qo‘shma fakultet ochiladi. Sohani raqamlashtirish maqsadida suvdan foydalanish, yer maydonlari, noqonuniy baliq ovlash, soliq to‘lovlari haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi yagona elektron platforma yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda agrosektor daromadlari qariyb 63,4 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek