Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun chegirma e’lon qilindi

11-iyun 2026 16:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun chegirma e’lon qilindi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Buyuk Britaniyada Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun navbatdagi maxsus taklifni e’lon qildi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Kompaniya onlayn do‘konida Galaxy S26 Ultra xarid qilinayotganda S26UP promokodidan foydalanilsa, smartfon narxidan 100 funt sterling chegirma taqdim etiladi. Ushbu chegirma uchun eski qurilmani topshirish talab qilinmaydi.

Bundan tashqari, ayni promokod xarid savatchasiga Galaxy Buds 4 Pro quloqchinlarini bepul qo‘shadi. Ya’ni foydalanuvchi smartfon bilan birga Samsung‘ning yangi simsiz quloqchinlarini ham qo‘shimcha to‘lovsiz olishi mumkin.

Galaxy S26 Ultra xarid qilingach, foydalanuvchi 30 kun ichida Samsung‘ning maxsus promo sahifasi orqali keshbek uchun ariza topshirishi mumkin.

Shu tariqa, xaridorlar jami 300 funt sterling miqdoridagi chegirma va keshbek imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunga bepul Galaxy Buds 4 Pro quloqchinlari ham qo‘shiladi.

Samsung ma’lumotiga ko‘ra, mazkur aksiya 16-iyungacha amal qiladi. Shu sababli Buyuk Britaniyadagi xaridorlarda taklifdan foydalanish uchun sanoqli kunlar qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A27 smartfoni qanday narxda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek