iPhone 17 smartfoni misolida yangi trend boshlandi

12-iyun 2026 15:10 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 17 smartfonidan bilan yangi trend boshlandi
Rasm: Grok SI

Apple iPhone 17 seriyasida qo‘llagan kvadrat shakldagi old kamera sensori Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida yangi trendga aylanmoqda.

Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning besh yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi 1:1 nisbatdagi kvadrat old kamera sensorlari ustida ishlamoqda.

Taxminlarga ko‘ra, bu yo‘nalishda Oppo, Huawei, Honor, Vivo va Xiaomi yangi prototiplarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Kvadrat old kamera sensori selfi va video suratga olishni qulaylashtiradi. Bunday yechimda telefonni vertikal holatda ushlab turib ham gorizontal formatda video yozish mumkin bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, iPhone 17 bilan boshlangan ushbu trend yaqin yillarda Android smartfonlarida ham keng tarqalishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil mart oyida iPhone 17 qatoridagi modellar AQSh, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyada eng ko‘p sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi. Janubiy Koreyada esa Samsung Galaxy S26 Ultra 43 foizlik ulush bilan yaqqol yetakchi bo‘ldi.

Shuningdek