O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari uchun ingliz tili markazi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Malaka oshirish kurslari va maxsus treninglar ham tashkil etiladi
Tibbiy tibbiyot
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari uchun ingliz tili markazi tashkil etiladi / Foto: Freepik

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mutaxassislarni xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ingliz tili markazi tashkil etiladi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Samarqanddagi «Meros Pharm» kompaniyasi va Buyuk Britaniyaning «Specialist Language Courses» (SLC) tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Kelishuv O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini joriy etish, malaka oshirish kurslari va maxsus treninglarni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Foto: «Dunyo» AA

Tadbir doirasida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Devid Sheppard bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazildi.

Britaniyalik vakil mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlarni yuqori baholab, ushbu jarayonlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi kompaniyalari, universitetlari va ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.

Ma’lumot uchun, SLC tashkiloti bugungi kunda dunyoning 75 dan ortiq mamlakatlaridagi tibbiyot oliygohlari, hamshiralik kollejlari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatarda farmatsevtika xodimlari uchun ish taklif qilingan edi.

Shuningdek