Samsung Galaxy S25 Edge ikki baravar arzonlashdi

12-iyun 2026 14:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 Edge ikki baravar arzonlashdi
Foto: Gizmochina

Samsung kompaniyasining Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni Hindistonda katta chegirma bilan sotuvga chiqdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Model Flipkart platformasidagi June Epic Sale aksiyasi doirasida deyarli dastlabki narxining yarmiga arzonlashgan. Galaxy S25 Edge Hindistonda o‘tgan yili taxminan $1158 narxda taqdim etilgan edi. Hozirda Flipkart’da smartfonning 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega talqini taxminan $631 dan sotilmoqda. Bundan tashqari, Axis Bank yoki SBI Flipkart kredit kartalari orqali xarid qilinganda qo‘shimcha $32 chegirma olish mumkin.

Model

Galaxy S25 Edge’ning asosiy jihatlaridan biri uning yupqa va yengil korpusi. Smartfon qalinligi atigi 5,8 mm, vazni esa taxminan 163 grammni tashkil etadi. Bu uni Galaxy S seriyasidagi eng yupqa modellardan biriga aylantiradi. Qurilma titan ramka, Corning Gorilla Glass Ceramic 2 himoyasi hamda 2K aniqlikdagi 6,7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displey bilan jihozlangan.

Smartfon Snapdragon 8 Elite for Galaxy chipida ishlaydi. Ushbu protsessor ko‘p vazifali ishlash, sun’iy intellekt funksiyalari va og‘ir ilovalarni ishga tushirishda yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Kamera tizimi 200 megapikselli asosiy sensor, 12 megapikselli ultra keng burchakli kamera va 12 megapikselli old kameradan iborat.

Shu bilan birga, Galaxy S25 Edge’ning asosiy kamchiligi akkumulyator sig‘imi hisoblanadi. Smartfonga 3900 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Shu sababli undan faol foydalanilganda qurilma bir kun davomida quvvatni to‘liq yetkazib bera olmasligi mumkin.

Yangi narx fonida Galaxy S25 Edge yupqa korpus, premium dizayn va flagman darajasidagi imkoniyatlarni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun jozibador taklifga aylangan. Shu bilan birga, xaridorlar chegirma muddati va mahsulot mavjudligini Flipkart’dagi shartlar asosida tekshirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun xavfsizlik yangilanishini chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek