Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun xavfsizlik yangilanishini chiqardi

12-iyun 2026 11:16 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun xavfsizlik yangilanishini chiqardi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S25 seriyasidagi smartfonlar uchun 2026-yil iyun oyiga mo‘ljallangan xavfsizlik yangilanishini tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Yangi dasturiy ta’minot avvalgi operatsion tizim versiyasida aniqlangan 45 ta xavfsizlik muammosini bartaraf etadi. Odatda Samsung Galaxy S seriyasi uchun yangilanishlarni avval asosiy modellarga, ya’ni Galaxy S25, Galaxy S25+, Galaxy S25 Ultra va Galaxy S25 Edge’ga chiqaradi.

Yangi firmware hozircha Samsung‘ning ichki bozori — Janubiy Koreyada tarqatilmoqda. Yangilanish hajmi 898,24 MBni tashkil etadi. Bu xavfsizlik paketi uchun odatdagidan ancha katta hajm hisoblanadi. Dasturiy ta’minot S93xNKSUACZF1 versiya raqami ostida chiqarilgan.

Kompaniya yangilanishni yaqin kunlarda boshqa mamlakatlarda ham bosqichma-bosqich tarqatishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar yangilanish mavjudligini smartfon sozlamalari orqali tekshirishi mumkin. Buning uchun «Settings» bo‘limidan «Software update» sahifasiga o‘tib, «Download and install» tugmasini bosish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun chegirma e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek