Sud-ekspertiza o‘tkazishda 30 kunlik aniq muddat belgilandi

eʼlon qilindi
Muddat kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin
Sud-ekspertiza o‘tkazishda 30 kunlik aniq muddat belgilandi / Foto: Getty Images

Sud-ekspertiza jarayonlarini tartibga solish maqsadida sud ekspertizasini o‘tkazish muddati 30 kalendar kun etib aniq belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlat va nodavlat sud eksperti lavozimini oliy ma’lumotga ega, tegishli ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega O‘zbekiston fuqarolari egallashi mumkin. Sud ekspertlarining davlat reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi.

Sud-ekspertlik faoliyati davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, sud-ekspertlik byurolari, ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, ayrim hollarda boshqa tashkilot xodimi yoki jismoniy shaxs ham sud eksperti sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan.

Qonunda sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi va muddatlari ham belgilangan bo‘lib, ekspertizani tayinlagan organ yoki shaxs sud ekspertiga zarur materiallar va tadqiqot obyektlarini taqdim etadi. Sud ekspertizasi natijalari asosida xulosa rasmiylashtirilib, u ekspert yoki ekspertlar komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.

Sud ekspertizasini o‘tkazish muddati 30 kalendar kun etib belgilangan. Agar ushbu muddatda yakunlash imkoni bo‘lmasa, bu haqda ekspertiza tayinlagan organga kamida 3 ish kuni oldin xabar beriladi va muddat kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ish tashlash tartibi belgilangan edi.

Shuningdek