Urganch va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
eʼlon qilindi
2026-yil 3-sentabrdan boshlab

Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota — Urganch — Olmaota yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aviareyslar 2026-yil 3-sentabrdan boshlab haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, FlyArystan Air Astana kompaniyalar guruhining 100 foizlik shuba korxonasi bo‘lgan loukosteri hisoblanadi.
Aviakompaniya 2019-yil may oyidan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirda aviatashuvchi Olmaota — Samarqand va Ostona — Toshkent yo‘nalishlaridagi reyslarni yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.