Yangiliklar

Urganch va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 3-sentabrdan boshlab
Urganch va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Wikipedia

Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota — Urganch — Olmaota yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, aviareyslar 2026-yil 3-sentabrdan boshlab haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, FlyArystan Air Astana kompaniyalar guruhining 100 foizlik shu’ba korxonasi bo‘lgan loukosteri hisoblanadi.

Aviakompaniya 2019-yil may oyidan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirda aviatashuvchi Olmaota — Samarqand va Ostona — Toshkent yo‘nalishlaridagi reyslarni yo‘lga qo‘ygan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.