O‘zbekistonda avokado importi 46,6 foizga o‘sdi

O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar – aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatdan qiymati $313 ming bo‘lgan jami 155,8 tonna avokado import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mamlakatga avokado olib kirish hajmi 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 49,5 tonnaga oshgan. Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p avokado yetkazib bergan davlat Qozog‘iston bo‘lib, uning hissasi 74,8 tonnani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni Xitoy (26,5 tonna) va Isroil (12,4 tonna) band etgan.
Shuningdek, Niderlandiyadan 10,5 tonna hamda Perudan 9 tonna mahsulot xarid qilingan. Qolgan 22,6 tonna avokado esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi 15 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.