JCh — 2026. Vinisiusning goli Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

14-iyun 2026 05:05 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Braziliya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi.

Hisobni kutilmaganda afrikaliklar ochishdi. 21-daqiqada Brahim Diasning uzatmasidan so‘ng Ismael Saybari Braziliya darvozasini aniq nishonga olib, Marokashni oldinga olib chiqdi.

Biroq, «Pentakampeonlar» javob golini uzoq kuttirishmadi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, aniqrog‘i 32-daqiqada Bruno Gimaraynsning qulay pasidan keyin Vinisius Junior muvozanatni tikladi – 1:1.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Braziliya Gaiti bilan, Marokash esa Shotlandiya bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq Kursiv nashri Qatar so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek