Xiaomi 14’ning yangi versiyasi chiqishga tayyorlanmoqda

Xiaomi kompaniyasining yangi avlod flagman smartfoni – Xiaomi 14 seriyasining yangilangan varianti yaqin orada taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Yangi modelning asosiy o‘zgarishi batareya sig‘imining oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Xiaomi 14 seriyasidagi qurilmalar yaqinda Xitoyda tarmoqqa ulanish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, kompaniya kelajakda ko‘proq modellarda batareya almashtirish xizmatini ham joriy etishni rejalashtirmoqda.
Gizmochina nashrining yozishicha, smartfon 6,73 dyuymli, 1440×3200 piksel aniqlikdagi displey bilan jihozlanadi. Qurilma Snapdragon 8 Gen 3 protsessorida ishlaydi (3,3 GHz chastota), tezkor xotira variantlari 8 GB, 12 GB va 18 GB bo‘lishi mumkin. Ichki xotira esa 1 TB gacha yetadi.
Asosiy farq esa akkumulyatorda ko‘rinadi. Avvalgi Xiaomi 14 Pro modelida batareya sig‘imi 4880 mA·soat bo‘lgan bo‘lsa, yangi sertifikatlangan versiyada bu ko‘rsatkich 5000 mA·soatgacha oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi 14 modeli 2024-yilda Yevropa bozorida taqdim etilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi elektromobillar uchun avtomatik quvvatlash robotini taqdim etgani haqida yozgandi.