16-iyun kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
eʼlon qilindi
16-iyun 20:00 gacha amal qiladi

16-iyun kuni aksariyat viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 30–43 daraja, kechasi esa 13–27 daraja atrofida bo‘ladi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 43 darajagacha ko‘tariladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa havo nisbatan salqin bo‘lib, kunduz kuni 23–28 darajani tashkil etadi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +36…+38 °C | +22…+24 °C | Kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq ehtimoli bor |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +30…+35 °C | +18…+23 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +33…+38 °C | +22…+27 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +33…+38 °C | +20…+25 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +38…+43 °C | +22…+27 °C | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +33…+38 °C | +20…+25 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | +23…+28 °C | +13…+18 °C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqini xavfi mavjud |
Eslatib o‘tamiz, 16 – 19-iyun kunlari 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilingan.