Yangiliklar

16-iyun kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

16-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi
16-iyun kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

16-iyun kuni aksariyat viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 30–43 daraja, kechasi esa 13–27 daraja atrofida bo‘ladi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 43 darajagacha ko‘tariladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa havo nisbatan salqin bo‘lib, kunduz kuni 23–28 darajani tashkil etadi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri+36…+38 °C+22…+24 °CKechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq ehtimoli bor
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati+30…+35 °C+18…+23 °CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq
Buxoro va Navoiy viloyatlari+33…+38 °C+22…+27 °CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari+33…+38 °C+20…+25 °CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari+38…+43 °C+22…+27 °CYog‘ingarchilik kutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari+33…+38 °C+20…+25 °CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq
Tog‘oldi va tog‘li hududlar+23…+28 °C+13…+18 °CBa’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqini xavfi mavjud

Eslatib o‘tamiz, 16 – 19-iyun kunlari 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilingan.