Amad Dialloning soʻnggi daqiqadagi goli Kot-dʼIvuarga gʻalaba keltirdi

15-iyun 2026 06:06 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Kot-dʼIvuar terma jamoasi Ekvadorni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuv taqdirini asosiy vaqt yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda urilgan yagona gol hal qildi.

Murosasiz kechgan bahsning 90-daqiqasida Amad Diallo raqib darvozasiga toʻp kiritib, jamoasiga muhim gʻalaba keltirdi. Ungacha uchrashuvda hisob ochilmagan va ikkala jamoada ham qator imkoniyatlar yuzaga kelgan edi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi Kot-dʼIvuar futbolchilarining qoʻpol harakatlari bilan yodda qoldi. Hakam 28-daqiqada Seko Fofanaga, 38-daqiqada Frank Kessiega va 40-daqiqada Gela Duega sariq kartochka koʻrsatishga majbur boʻldi.

Mazkur jamoalar JCH-2026 musobaqasining «E» guruhidan joy olgan. Guruhning parallel uchrashuvida Germaniya terma jamoasi debyutant Kyurasao ustidan 7:1 hisobida yirik gʻalabaga erishdi.

Jamoalarning 2-tur uchrashuvlari 20-iyun kuniga belgilangan. Ushbu turda Kot-dʼIvuar terma jamoasi Germaniyaga, Ekvador esa Kyurasao terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv Yaponiya so‘nggi daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek