Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqni cheklamoqda

eʼlon qilindi
2027-yil bahoridan boshlab
Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqni cheklovlamoqda / Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya hukumati 2027-yil bahoridan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga jiddiy cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Kir Starmer 15-iyun kuni e’lon qilgan tashabbusga ko‘ra, yangi qoidalar kontent joylashtirish va notanish foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi platformalarga tatbiq etiladi. Jumladan, YouTube, Snapchat, TikTok, X, Facebook va Instagram kabi platformalar cheklovlar doirasiga kirishi mumkin.

Shuningdek, striming funksiyalariga ega o‘yin platformalari hamda romantik muloqotni simulyatsiya qiluvchi sun’iy intellekt chatbotlariga nisbatan ham cheklovlar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Hukumat, bundan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar orasida «cheksiz skroll» odatini kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ham muhokama qilmoqda.

Hozircha WhatsApp kabi messenjerlarni yangi qoidalarga kiritish rejalashtirilmagan. Buyuk Britaniya hukumati yosh cheklovlarini chetlab o‘tishning oldini olish maqsadida Avstraliya tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutmoqda.

Hukumatning ma’lum qilishicha, dastlabki so‘rovnomalarda ushbu tashabbusni ota-onalarning 90 foizi va yoshlarning qariyb uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatlagan. Keir Starmerning ta’kidlashicha, hukumat bolalarni raqamli xavflardan himoya qilish va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan yangi standartlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada ijtimoiy tarmoqlarni yoshga qarab filtrlash rejalashtirilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek