Eng trenddagi 10 ta smartfon — reyting

15-iyun 2026 08:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng trenddagi 10 ta smartfon
Foto: EPB

2026-yilning 24-haftasida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan smartfonlar reytingida Samsung Galaxy A57 yetakchilikni qaytarib oldi. GMSArena haftaning eng trenddagi 10 ta smartfonini e’lon qildi.

Xiaomi 17T Pro avvalgi haftadagi yetakchilikni boy berdi va ikkinchi o‘ringa tushdi. Samsung‘ning flagman modeli Galaxy S26 Ultra esa qiziqish bo‘yicha uchinchi pog‘onani egalladi. Bu model o‘tgan haftaga nisbatan bir pog‘ona yuqorilagan.

Xiaomi 17T reytingda to‘rtinchi o‘rinni band qildi. Undan keyingi pog‘onadan Samsung Galaxy A17 joy oldi. Apple’ning eng kuchli smartfonlaridan biri bo‘lgan iPhone 17 Pro Max esa oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Reytingning keyingi qismida Xiaomi Redmi Note 15 5G, Motorola Moto G Max 5G va Apple iPhone 17 qayd etildi. Motorola Moto G Max 5G hamda iPhone 17 ushbu haftada jadvalga yangi kirgan modellar bo‘ldi.

O‘ninchi o‘rin esa yana Xiaomi Poco X8 Pro 5G modeliga nasib etdi. Ushbu smartfon o‘tgan haftadagi pozitsiyasini saqlab qolgan.

Jadval:

O‘rinModelO‘tgan haftadagi o‘rni
1Samsung Galaxy A57 5G2
2Xiaomi 17T Pro 5G1
3Samsung Galaxy S26 Ultra 5G4
4Xiaomi 17T 5G3
5Samsung Galaxy A17 5G5
6Apple iPhone 17 Pro Max7
7Xiaomi Redmi Note 15 5G Global8
8Motorola Moto G Max 5GYangi
9Apple iPhone 17Yangi
10Xiaomi Poco X8 Pro 5G10

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S25 Edge ikki baravar arzonlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek