
AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining «H» guruhi 1-turida Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashdi.

Lamin Yamal, Ferran Torres, Pedri va Gavi kabi futbolchilarning hujumlari Afrika qit’asi vakillarining zich himoyasini yorib o‘tishga yetarli bo‘lmadi. Tarixda ilk bor mundialda ishtirok etayotgan Kabo-Verde o‘zining dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Jamoa darvozaboni va himoyachilarining faolligi evaziga uchrashuvda hisob ochilmadi.

Ma’lumot uchun, 2-tur uchrashuvlari 21-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan, Kabo-Verde esa Urugvay bilan o‘ynaydi.

Avvalroq Kursiv nashri Shvetsiya Tunisni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.