JCh – 2026: Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini qayerda tomosha qilish mumkin

16-iyun 2026 10:16 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini qayerlarda tomosha qilish mumkin
Foto: UFA

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki munosabati bilan Toshkent shahrining barcha tumanlarida maxsus tomosha maydonlari tashkil etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlislar terma jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni katta ekranlarda jonli efirda tomosha qilib, jamoani birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fan-zonalar Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Yashnobod tumanlaridagi bog‘lar, xiyobonlar hamda sport majmualarida tashkil etiladi. Mazkur hududlarda muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratilib, o‘yinlar katta ekranlarda namoyish qilinadi.

TumanTomosha maydoni
BektemirRohat mahallasi
MirobodFurqat bog‘i
Mirzo Ulug‘bekCentral Park istirohat bog‘i
OlmazorG‘alaba bog‘i
SergeliMarkaziy xiyobon
UchtepaSeul Eko park
ChilonzorG‘afur G‘ulom bog‘i
ShayxontohurAnhor-Lokomotiv bog‘i
YunusobodYunusobod sport majmuasi
YakkasaroyDo‘stlik bog‘i
YangihayotINDEX Park
YashnobodAshxobod sayilgohi

Eng yirik tomosha maydoni «Bunyodkor» stadioni hududida joylashtiriladi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 minggacha futbol ishqibozlari yig‘ilib, milliy terma jamoa o‘yinlarini tomosha qilishi mumkin bo‘ladi. Tashkilotchilar ushbu maydonni poytaxtdagi asosiy fan-zonaga aylantirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi turda 23-iyun kuni Portugaliya bilan bahs olib boradi. Guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yin esa 28-iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning ilk o‘yinini angliyalik hakam boshqarishi haqida yozgandi.

Shuningdek