O‘zbekiston piyoz eksportini 41 foizga qisqartirdi

eʼlon qilindi
Yanvar–aprel oylarida
O‘zbekiston piyoz eksporti 41 foizga qisqartirdi
Foto: depositphotos.com

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston 11 ta davlatga jami 26,2 ming tonna piyoz eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Yetkazib berilgan mahsulotlarning umumiy qiymati $5,8 millionni tashkil etdi.

Piyoz eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 ming tonnaga yoki 41,2 foizga kamaygan.

Hisobot davrida O‘zbekiston piyozining asosiy xaridorlari Turkmaniston va Rossiya bo‘ldi. Ushbu mamlakatlarga mos ravishda 8,7 ming va 8,4 ming tonna mahsulot eksport qilingan.

Shuningdek, Iroqga 5,3 ming tonna, Eronga 2,2 ming tonna hamda Qirg‘iz Respublikasiga 1,4 ming tonna piyoz yetkazib berilgan. Qolgan davlatlar hissasiga esa 260 tonnadan ortiq mahsulot to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi 15 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek