Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi bo‘yicha AQSh bilan kelishuvga erishildi

eʼlon qilindi
Farg‘onada zamonaviy tibbiyot majmuasini tashkil etish bo‘yicha ham
Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi bo‘yicha AQSh bilan kelishuvga erishildi / Foto: President.uz

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston va AQSh moliyaviy institutlari Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida AQSh vakillari davlat rahbariga prezident Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Muzokaralar chog‘ida infratuzilmani rivojlantirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish, energetika, sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishlaridagi yuqori texnologiyali strategik loyihalarni moliyalashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

AQSh Eksimbanki bilan energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning ustuvor sohalardagi tashabbuslari uchun eksport kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: President.uz

Uchrashuvda DFC korporatsiyasining sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, energetika tarmog‘i va infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurish, Farg‘ona viloyatida zamonaviy tibbiyot majmuasini tashkil etish, raqamli bankni ishga tushirish, data-markazlar va quruq portlarni barpo qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning amaliy bosqichiga o‘tish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Albaniyaning Durres portidan logistika xabi sifatida foydalanishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek