Banklarda avtokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari yuqoriladi

15-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,5 foizda qoldi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «BRB» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,8 foizni tashkil etdi. Bungacha ham eng kam foiz «Davr bank» (18,1%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «BRB» – 18,8%;
- «Davr bank» – 18,9%;
- «Garant bank» – 20,5%;
- «Aloqabank» – 20,7%;
- «SQB» – 21,3%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Madad Invest bank» – 27,9%;
- «Turon bank» – 25%;
- «Agrobank» – 24,5%;
- «Milliy bank» – 23,8%;
- «Asia Alliance bank» – 23,4%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,4 foizdan 29,6 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Tenge bank» – 42,5%;
- «Anorbank» – 41,3%;
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «TBC bank» – 35,9%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Aloqabank» (23,7%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz 23,2% bo‘lib, uni ham «Aloqabank» taklif qilgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Aloqabank» – 23,7%;
- «Asia Alliance bank» – 24,2%;
- «Infinbank» – 24,4%;
- «Trastbank» – 25%;
- «Milliy bank» – 25,2%.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari 629 trln so‘mni, depozitlar hajmi esa 444,4 trln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida kreditlash bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxt hissasiga 290 trln so‘m yoki mamlakatdagi jami kreditlarning qariyb 46 foizi to‘g‘ri keladi. Depozitlar hajmi bo‘yicha ham Toshkent birinchi o‘rinda bo‘lib, ushbu hududda 341,1 trln so‘mlik depozitlar jamlangan.