Bolgariyada qiyin vaziyatda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi hamkorligida
Bolgariyada qiyin vaziyatda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi hamkorligida Bolgariyada murakkab moddiy va ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi yurtga qaytarildi. Bu haqda konsulxona rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilib, ular 16-iyun kuni bepul asosda O‘zbekistonga olib kelindi.

Mas’ul idoralar xorijda ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Xususan, chet elga ketishdan avval ish beruvchi, vositachi tashkilot va mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab tekshirish tavsiya etildi.

Shuningdek, faqat rasmiy manbalar orqali ishga joylashish, barcha hujjatlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish va shubhali takliflarga ishonmaslik zarurligi ta’kidlandi. Mutasaddilar noqonuniy yoki norasmiy yo‘llar bilan xorijga chiqish fuqarolarni murakkab huquqiy va ijtimoiy muammolarga duchor qilishi mumkinligini eslatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyadan uch nafar voyaga yetmagan bola qaytarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek