Chevrolet Blazer avtomobili uchun chegirma e’lon qilindi

17-iyun 2026 08:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Blazer avtomobili uchun chegirma e’lon qilindi
Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasi 2026-yil iyun oyida Chevrolet Blazer avtomobili uchun maxsus moliyalashtirish va lizing takliflarini e’lon qildi. Takliflar 2026-yilgi Chevrolet Blazer’ning ichki yonuv dvigatelli o‘rta o‘lchamli krossover versiyalariga taalluqli.

Iyun oyidagi asosiy takliflardan biri past foizli kredit dasturidir. 2026-yilgi Chevrolet Blazer’ni GM Financial orqali moliyalashtirish sharti bilan 36 oyga 1,9 foiz, 48 oyga 2,9 foiz yoki 60 oyga 3,9 foiz yillik stavka asosida xarid qilish mumkin.

Shuningdek, kompaniya Blazer uchun lizing dasturlarini ham taklif qilmoqda. 2026-yilgi Blazer LT FWD Preferred Equipment Group versiyasi 24 oy muddatga oyiga $349 dan lizingga beriladi. Ushbu taklif yiliga 10 ming mil yurish limiti bilan amal qiladi. 2021-yil yoki undan yangi avtomobilni lizing asosida foydalanayotgan mijozlar uchun boshlang‘ich to‘lov $2 349 ni tashkil etadi. Garov depoziti talab qilinmaydi.

Foto: Chevrolet

GM xodimlari va ularning tegishli oila a’zolari uchun ham alohida lizing taklifi mavjud. Ular 2026-yilgi Blazer LT FWD Preferred Equipment Group modelini 24 oy muddatga oyiga $319 dan rasmiylashtirishi mumkin. Bu holatda boshlang‘ich to‘lov $2 039 etib belgilangan. Mazkur taklif ham yiliga 10 ming mil yurish limiti bilan amal qiladi va garov depoziti talab etilmaydi.

Modelning narxlari

Chevrolet Blazer uchun iyun oyidagi maxsus takliflar 2026-yil 7-iyulgacha amal qiladi. Avtomobilni ushbu muddatgacha rasmiylashtirish talab etiladi.

Foto: Chevrolet

2026-yilgi Chevrolet Blazer’ning AQSH bozoridagi boshlang‘ich narxlari ham ma’lum qilingan. 2LT komplektatsiyasi $36 mingdan, 3LT versiyasi $41 mingdan, RS talqini esa $45,5 mingdan boshlanadi. Ushbu narxlarga $1,9 ming miqdoridagi yetkazib berish to‘lovi ham kiritilgan.

Krossover avvalgidek ikki xil dvigatel bilan taklif etiladi. Birinchi variant — 2,0 litrli turbo benzinli LSY dvigateli bo‘lib, u 228 ot kuchi va 258 funt-fut aylanish momentini ishlab chiqaradi. Ikkinchi variant — 3,6 litrli atmosferali V6 LGX dvigateli. Ushbu motor 308 ot kuchi va 270 funt-fut aylanish momentiga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi Chevrolet Blazer ishlab chiqarilishi 2026-yil 30-sentabrda yakunlanadi. Dilerlar ushbu model uchun yakuniy buyurtmalarni 2026-yil 20-iyul haftasida topshirishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek