Pavel Durov Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni tanqid qildi

eʼlon qilindi
Uning fikricha, bunday taqiq o‘smirlarni platformalardan uzoqlashtirmaydi
Foto: TechCrunch

Telegram asoschisi Pavel Durov Buyuk Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash rejalariga qarshi chiqdi. Bu haqda shaxsiy kanalida yozib qoldirdi.

Uning fikricha, bunday taqiq o‘smirlarni platformalardan uzoqlashtirmaydi, aksincha VPN xizmatlaridan foydalanishga undab, ularni yanada xavfli va nazoratsiz kontentga duchor qilishi mumkin.

Durov Rossiyada Telegram bloklangan davrni misol qilib keltirib, ko‘plab o‘smirlar messenjerdan foydalanishda davom etganini, buning uchun esa VPN vositalariga murojaat qilganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bolalarni zararli kontentdan himoya qilish uchun ota-onalarda ekran vaqtini cheklash, ota-ona nazorati va qurilmalardan foydalanishni tartibga solish kabi vositalar allaqachon mavjud.

Bundan oldin, Buyuk Britaniya bosh vaziri Keir Starmer mamlakatda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun Facebook, YouTube, Snapchat va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Mazkur tartib 2027-yil bahorigacha joriy etilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda 18 yoshgacha bo‘lganlarga elektrosamokat ijarasi taqiqlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek