Xoland dubl qayd etgan o‘yinda Norvegiya Iroqni yirik hisobida yengdi

17-iyun 2026 05:37 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Iroq va Norvegiya milliy terma jamoalari Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida uchrashdi. Norvegiya terma jamoasi 4:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Erling Xoland hisobni ochdi. Iroq terma jamoasi 39-daqiqada javob qaytardi, Al-Ammarining uzatmasini Battur golga aylantirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga yaqin qolganda, 43-daqiqada Xoland dubl qayd etib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Norvegiya bosimni davom ettirdi. 76-daqiqada Martin Edegorning uzatmasini Leo Estigor aniq yakunlab, hisobni 1:3 ga yetkazdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada D. Battur o‘z darvozasiga to‘p kiritib, avtogol muallifi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «I» guruhi 2-turida Norvegiya Senegal bilan, Iroq esa Fransiya bilan kuch sinashadi.

Avvalroq Kursiv nashri Mbappening dubli Fransiyaga g‘alaba taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek