19-iyun kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
eʼlon qilindi
19-iyun 20:00 gacha amal qiladi

19-iyun kuni respublika hududlari bo‘yicha havo harorati kunduzi +22 darajadan +42 darajagacha, kechasi esa +12 darajadan +27 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, shamol kuchayishi hamda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +31…+33 °C | +21…+23 °C | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +37…+42 °C | +20…+25 °C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +35…+40 °C | +22…+27 °C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +31…+36 °C | +18…+23 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +35…+40 °C | +22…+27 °C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +31…+36 °C | +18…+23 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari | +22…+27 °C | +12…+17 °C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketgani haqida yozgan edik.