Dollar yana oshdi: 19-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
18-iyun kuni esa 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etgandi

19-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m, 15-iyun kuni 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi. 16-iyun kuni 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni, 17-iyun kuni 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni, 18-iyun kuni esa 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 114,6 so‘mga tushib, 13 870,60 so‘mni, rubl esa 0,78 so‘mga tushib, 164,52 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.