AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzoladi

eʼlon qilindi
Memorandum 60 kunlik muzokaralar davrini boshlab beradi
AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzoladi
Foto: Shutterstock

AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini masofadan turib imzoladi. Hujjat AQSh, Eron va ularning ittifoqchilari o‘rtasidagi harbiy harakatlar to‘xtatilishini rasman e’lon qiladi.

Axios nashrining AQSh ma’muriyatidagi ikki amaldorga tayanib yozishicha, kelishuv darhol kuchga kirgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ham Press TV telekanaliga hujjat ikki tomon tomonidan imzolanganini tasdiqlagan.

Memorandum 60 kunlik muzokaralar davrini boshlab beradi. Bu muddat davomida tomonlar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qiladi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozini xavfsiz va bepul tijoriy kemalar qatnovi uchun ochadi. AQSh esa dengiz blokadasini bekor qiladi va yangi sanksiyalar joriy etmaydi.

Hujjat matni hozircha rasman e’lon qilinmagan. Axios versiyasiga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi orqali bepul o‘tish imkoniyati faqat muzokaralar davom etayotgan davrda amal qiladi. Keyinchalik Eron O‘mon va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan birgalikda yangi kemalar qatnovi tartibini ishlab chiqmoqchi.

Shuningdek, memorandumda Eron tomonidan to‘plangan boyitilgan uran masalasi ham ko‘zda tutilgan. Tomonlar 60 kun ichida MAGATE nazorati ostida ushbu masalani tartibga solish mexanizmini kelishib olishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» Tramp neft narxi pasayayotganini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek