Lada Aura va Lada Vesta ishlab chiqarishida yangi tizim joriy qilinmoqda

18-iyun 2026 14:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Aura va Lada Vesta ishlab chiqarishida yangi tizim joriy qilinmoqda
Foto: Lada

AvtoVAZ Lada Aura va Lada Vesta ishlab chiqarishida kompyuter ko‘rish tizimini joriy qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning rasmiy Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tizim Rossiyaning VisionLabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U avtomobil kuzovidagi VIN-raqam tushirilgan yorliqlarni avtomatik tarzda tekshiradi.

Tizim yorliqdagi ma’lumotlarni avtomobil kuzoviga o‘yib tushirilgan VIN-raqam bilan solishtiradi. Shuningdek, yorliqning sifati, to‘g‘ri joylashtirilgani va butunligini baholaydi. Bu jarayon avtomobilni keyinchalik egasi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega.

Dastlab texnologiya Lada Aura va Lada Vesta modellari ishlab chiqariladigan liniyalarda qo‘llanmoqda. AvtoVAZ kelgusida kompyuter ko‘rish tizimidan boshqa Lada modellarini ishlab chiqarishda ham foydalanishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya ushbu yechim ishlab chiqarish nazoratini kuchaytirish, inson omili ta’sirini kamaytirish va avtomobillarni tayyorlash jarayonida aniqlikni oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Avvalroq «Kursiv» Lada Granta Qozog‘istonda yana ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek