Mundialdagi ilk o‘yin terma jamoaga omadsiz keldi, prezident futbolchilarni ruhlantirdi, Fayzullayev JCh rekordini o‘rnatdi, tog‘li hududlarga sel keldi — 18-iyun kungi muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida sodir bo‘lgan mahalliy va xorijiy yangiliklar jamlandi
18-iyun kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: UFA

JCh – 2026: O‘zbekistonning ilk o‘yini mag‘lubiyat bilan yakunlandi, Kolumbiya g‘alaba qozondi

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvida «Oq bo‘rilar» 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Davomi…

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzoladi
Foto: Shutterstock

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzoladi

AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini masofadan turib imzoladi. Hujjat AQSh, Eron va ularning ittifoqchilari o‘rtasidagi harbiy harakatlar to‘xtatilishini rasman e’lon qiladi.

Davomi…

Kim yutdi: AQSh va Eron kelishuv bandlari ochiqlandi
Foto: Anadolu Ajansı

Kim yutdi: AQSh va Eron kelishuv bandlari ochiqlandi

AQSh va Eron o‘rtasida sulh muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. BBC ma’lumotiga ko‘ra, hujjat allaqachon kuchga kirgan.

Davomi…

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotiga a’zo bo‘ldi
Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkiloti (IOTA)ga assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida qabul qilindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Davomi…

Wildberries O‘zbekistonda 300 mln dollarlik logistika markazi yaratadi
Foto: Getty Images

Wildberries O‘zbekistonda 300 mln dollarlik logistika markazi yaratadi

Wildberries O‘zbekistonda logistika infratuzilmasi va xizmatlarni rivojlantirish uchun $300 milliondan ortiq investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya vakillari Toshkent xalqaro investitsiya forumi — TMIFF – 2026 doirasida e’lon qilgan.

Davomi…

Prezident terma jamoa ruhini ko‘tardi
Prezident terma jamoa ruhini ko‘tardi / Foto: President.uz

Biz uchun chempionatdagi birinchi golimiz ham g‘alaba — prezident terma jamoa ruhini ko‘tardi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini yuqori baholab, futbolchilarga qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini yo‘lladi.

Davomi…

Abbosbek Fayzullayev JCH rekordini yangiladi
Foto: O‘FA

Abbosbek Fayzullayev JCh rekordini yangiladi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev JCh – 2026 guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda rekord natija qayd etdi.

Davomi…

BAA ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun 15 yosh chegarasini joriy etadi
BAA ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun 15 yosh chegarasini joriy etadi / Foto: Getty Images

BAA ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun 15 yosh chegarasini joriy etadi

Birlashgan Arab Amirliklari bolalarning internetdagi xavfsizligini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun minimal yosh chegarasini belgilagan ilk arab davlatiga aylandi.

Davomi…

BMT Isroil ko‘chmanchi guruhlarini "qora" ro‘yxatga kiritishi mumkin
BMT Isroil ko‘chmanchi guruhlarini «qora» ro‘yxatga kiritishi mumkin / Foto: AP

BMT Isroil ko‘chmanchilarini «qora» ro‘yxatga kiritishi mumkin

BMT bosh kotibi Isroil ko‘chmanchi guruhlarini bolalar huquqlarini buzuvchilar ro‘yxatiga kiritish mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davomi…

Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi
Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi / Foto: «O‘zgidromet» agentligi

Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi — video

18-iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Davomi…

Shuningdek