
AQShning Xyuston shahrida Jahon chempionatining «K» guruhi 1-turida Portugaliya hamda Kongo DR terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq Portugaliya tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Buning natijasi o‘laroq, 6-daqiqadayoq Joau Nevesh ajoyib zarba bilan Kongo DR darvozasini ishg‘ol qildi. Pedro Netuning qanotdan uzatmasini Nevesh bosh bilan darvozaga aniq yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Birinchi taym oxirida Kongo DR hisobni tenglashtirdi. Qanotdan uzatilgan topni Yoan Vissa boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Jahon chempionatining 2-turida Portugaliya O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Kongo DR esa Kolumbiya bilan kuch sinashadi.
Avvalroq Kursiv nashri Argentina va Jazoir o‘yinida Messi tarixiy xet-trik qayd etgani haqida xabar bergan edi.