Samsung Galaxy S27 bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi

18-iyun 2026 17:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S27 bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi
Foto: Abhijeet Mishra / SamMobile

Samsung Galaxy S27 bazaviy modeli ekran yoki kamera bo‘yicha jiddiy yangilanish olmasligi mumkin. Bu haqda Koreyaning Naver resursi ta’minot zanjirlaridagi ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha Galaxy S27 uchun yangi ekran yoki kamera ustida faol ish olib borilayotgani haqida belgilar ko‘rinmayapti. Bu esa smartfon Galaxy S26 darajasidagi ayrim texnik xususiyatlarni saqlab qolishi mumkinligini anglatadi.

Ekran bo‘yicha katta o‘zgarishlar yo‘qligi Samsung’ning BOE kompaniyasi ishlab chiqaradigan Xitoy OLED panellaridan foydalanishga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq bunday panellar Samsung Display ekranlariga qaraganda taxminan $5 arzonroq bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.

Shunga qaramay, hozircha yakuniy xulosa qilishga erta. Galaxy S27 seriyasi taqdimotigacha taxminan to‘qqiz oy vaqt bor va qurilmalar hali ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bo‘lishi mumkin.

Bu vaqt ichida Samsung smartfon konfiguratsiyasini o‘zgartirishi yoki hozircha ta’minot zanjirida ko‘rinmagan yangi komponentlarni qo‘shishi ehtimoldan xoli emas.

So‘nggi yillarda Samsung Galaxy S seriyasining bazaviy modellarida ko‘pincha kichik o‘zgarishlar bilan cheklanib, asosiy e’tiborni Ultra versiyasiga qaratib kelmoqda. Shu sababli Galaxy S27 uchun ham bunday ssenariy ehtimoliy ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 FE smartfonining narxi pasaygani xabar qilingandi. Kompaniyaning rasmiy onlayn do‘konida model narxi 100 funt sterlingga pasaytirildi. Aksiyaning muhim jihati shundaki, xaridor chegirmadan foydalanish uchun eski qurilmasini trade-in orqali topshirishi shart emas.

Shuningdek