Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi — video

eʼlon qilindi
Voqea natijasida fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘q
O‘zbekistonning qator hududlarida sel oqimlari kuzatildi
Zomin va Baxmalda sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi / Foto: «O‘zgidromet» agentligi

18-iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan sel oqimi uchta avtomobilni oqizib ketdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Video: Fuqarolardan

Sel oqimlari mavjud sel yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlangan. Hodisa oqibatida yo‘llarda qoldirilgan uchta yengil avtomobil oqim ta’sirida oqib ketgan. Rasmiylarga ko‘ra, voqea natijasida fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘q.

Video: Fuqarolardan

Mutaxassislar tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilayotgan paytda sel yo‘nalishlarida transport vositalarini qoldirmaslik hamda ehtiyot choralariga qat’iy rioya etishni tavsiya qilmoqda.

Video: Fuqarolardan

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» agentligi 16 – 19-iyun kunlari 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilgan edi.

Shuningdek