20-iyun kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
eʼlon qilindi
20-iyun 20:00 gacha amal qiladi

20-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati kunduz kuni +20…+42 daraja, kechasi esa +13…+27 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon yuzaga kelish ehtimoli bor.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +32…+34 °C | +21…+23 °C | Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +37…+42 °C | +20…+25 °C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +35…+40 °C | +20…+25 °C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +31…+36 °C | +20…+25 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +35…+40 °C | +22…+27 °C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +31…+36 °C | +18…+23 °C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari | +20…+25 °C | +13…+18 °C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin |
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 – 22-iyun kunlari sel va suv toshqini kuzatiladi.