AQSh Eronning dengiz blokadasini bekor qildi

eʼlon qilindi
CENTCOM barcha dengiz blokadasi choralari to‘xtatilganini bildirdi
AQSh Eronning dengiz blokadasini bekor qildi
Foto: Reuters

AQSh Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangach, mamlakatga nisbatan joriy etilgan dengiz blokadasini bekor qildi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi – CENTCOM ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Amerika kuchlari endi Fors va Ummon ko‘rfazlari orqali Eron portlariga kirayotgan yoki ulardan chiqayotgan kemalar harakatiga to‘sqinlik qilmaydi. CENTCOM barcha dengiz blokadasi choralari to‘xtatilganini bildirdi.

Shu bilan birga, AQSh harbiy kemalari mintaqada qoladi. Ular erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. 18-iyunga o‘tar kechasi AQSh va Eron mojaroni yakunlashni nazarda tutuvchi memorandumni elektron shaklda imzolagan edi. Hujjat AQSh prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon tomonidan tasdiqlangan.

Endi tomonlar yakuniy kelishuvni tayyorlash bo‘yicha muzokaralarga kirishadi. Buning uchun 60 kunlik muddat belgilangan, biroq u o‘zaro kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.

Memorandumning asosiy bandlaridan biri Eronning yadro quroli ishlab chiqish yoki sotib olishdan voz kechish majburiyatidir.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolangani haqida yozgan edi.

Shuningdek