Baxmaldagi sel oqimi sabab 32 nafar dam oluvchi evakuatsiya qilindi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar qayd etilmadi
Baxmaldagi sel oqimi sabab 32 nafar dam oluvchi evakuatsiya qilindi / Foto: IIV JXD

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi sel kelgan hududda bo‘lgan 32 nafar dam oluvchi xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisa 18-iyun kuni sodir bo‘lgan. Sel oqimi Jo‘m-Jo‘m qishlog‘i hududidan o‘tuvchi soy o‘zani bo‘ylab harakatlanib, «Jo‘m-Jo‘msoy» dam olish maskani hamda Nushkent MFY hududlaridan o‘tgan.

Foto: IIV JXD

Sel yuz bergan hududda bo‘lgan 32 nafar dam oluvchi zudlik bilan xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar qayd etilmadi. Shuningdek, turar joylar, uy hayvonlari va bino-inshootlarga zarar yetmagan.

Foto: IIV JXD
Foto: IIV JXD

Biroq «Jo‘m-Jo‘msoy» dam olish maskaniga olib boruvchi ko‘prik qisman shikastlangan. Bundan tashqari, sel oqimi yo‘lida qolib ketgan ikkita — Damas va Gentra rusumli avtomobil zarar ko‘rgan. Hozirda sel oqimi oqibatlari to‘liq bartaraf etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 – 22-iyun kunlari ham sel va suv toshqini kuzatiladi.

Shuningdek