Qarshida sudya yordamchisi 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan sudya yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Qarshida sudya yordamchisi 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi
Foto: DXX

Qashqadaryo viloyatida sudya yordamchisi 2500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, u joriy yil may oyidan Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyatidagi tuman bo‘limlaridan birida ishlay boshlagan fuqaroni go‘yoki o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yganini ro‘kach qilgan. Shuningdek, kelgusida uni o‘ziga maqbul bo‘lgan tumandagi MIB bo‘limiga o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan.

Foto: DXX

Sudya yordamchisi ushbu «xizmati» evaziga fuqarodan $2,5 ming talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda holat yuzasidan sudya yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» elektr tarmog‘iga ulab berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek