Temir yo‘l transporti 3 oyda 3,1 million nafar yo‘lovchini tashidi — statistika

eʼlon qilindi
Oqim o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 7,3 foizga oshgan
Navro‘z munosabati bilan «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Temir yo‘l transporti 3 oyda 3,1 million nafar yo‘lovchini tashidi — statistika / Foto: «O‘ztemiryo‘lovchi»

2026-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda temir yo‘l transporti orqali qariyb 3,1 mln nafar yo‘lovchi tashildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,3 foizga oshgan. Shuningdek, hisobot davrida temir yo‘l transporti orqali 28 mln tonna yuk tashilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Markaziy Osiyodagi birinchi lyuks poyezd – «Samarkand Express» loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.

Yangi hashamatli poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini o‘zaro bog‘laydi. Ushbu yo‘nalishning ishga tushirilishi temir yo‘l qatnovlari qulayligini oshirib, yo‘lovchilar oqimining yanada ko‘payishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Deutsche Bahn 500 o‘zbekistonlikni Germaniya temir yo‘llari uchun o‘qitilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek