Tesla avtomobillarida Grok orqali tabiiy ovozli boshqaruv paydo bo‘ladi

19-iyun 2026 14:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tesla avtomobillarida Grok orqali tabiiy ovozli boshqaruv paydo bo‘ladi
Foto: SI

Ilon Mask Tesla avtomobillarida Full Self-Driving funksiyalarini tabiiy ovozli buyruqlar orqali boshqarish imkoniyati paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu imkoniyat taxminan uch oy ichida ishga tushiriladi.

Mask Tesla egalaridan birining so‘roviga javoban, haydovchilar Grok yordamida avtomobilga oddiy tilda ko‘rsatma bera olishini tasdiqladi. Masalan, foydalanuvchi «shu yerdan buril», «mana shu joyda tushirib qo‘y» yoki avtoturargoh bilan bog‘liq aniq buyruqlarni aytishi mumkin bo‘ladi.

Yangi funksiya Tesla avtomobillarida Grok integratsiyasining kengaytirilishi hisoblanadi. Avvalroq 2026-yil bahorgi yangilanishida «Hey Grok» funksiyasi ishga tushirilgan va sun’iy intellekt avtomobil interfeysining bir qismiga aylangan edi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, tizim haydovchi aytgan buyruqlarni real vaqt rejimida tushunib, ularni avtomobil harakati bilan bog‘liq ssenariylarga moslashtiradi. Bu Tesla’ning avtonom boshqaruv tajribasini yanada tabiiy va qulay qilishga qaratilgan.

Yangilik Tesla egalari orasida faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar Grok orqali parkovka, yo‘nalish tanlash va boshqa kundalik vazifalarni ovoz bilan boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif qilmoqda.

Tesla’ning to‘liq avtonom boshqaruv tizimi yaqin vaqt ichida parkovka imkoniyatlari bo‘yicha ham yirik yangilanish olishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tesla Cybercab qanday texnik xususiyatlarga ega ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek